» » La Liga. “Barselona”da g‘alaba, “Atletiko”da durang, “Real” esa yutqazdi (video)

La Liga. “Barselona”da g‘alaba, “Atletiko”da durang, “Real” esa yutqazdi (video)


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 37-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z maydonida “Xetafe”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Arturo Vidal hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqaga kelib mehmon jamoa himoyachisi Jene avtogol muallifiga aylandi (2:0).

Shu tariqa “ko‘k-anor ranglilar” “Kamp Nou”da “Xetafe”ni 2:0 hisobida taslim qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Ispaniya chempioni ochkolari sonini 86 taga yetkazib oldi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 30-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Koke hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib “Sevilya” a’zosi Pablo Sarabiya hisobni tenglashtirdi (1:1).

Natijada “matraschilar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Sevilya” bilan durang o‘ynadi.

Mazkur turdan so‘ng “Atletiko Madrid” 75 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Sevilya” esa 56 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq “Real Madrid” jamoasi safarda “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ldi.

O‘yin davomida “Qirollik klubi” hujumchisi Brahim Dias urgan golga maydon egalari yarim himoyachi Mikel Merino (26), himoyachi Hoseba Saldua (57) va hujumchi Ander Barrenetxeaning (67) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Madrid klubi safarda “Real Sosyedad”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3) va ochko yo‘qotdi. Qayd etish joiz, uchrashuvning 40-daqiqasida “Real Madrid” himoyachisi Xesus Valyexo qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Ma’lumot uchun, Zidan jamoasi 68 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida kuchli 3 talikdan joy egallab turibdi.

37-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

37-tur bahslari

12-may, yakshanba

Gollar: 1:0 — 16, penalti, Garsiya, 2:0 — 17 Garsiya, 3:0 — 40 Uilyams, 3:1 — 89, penalti, Yago

Gollar: 0:1 — 35 Iglesias, 0:2 — 71, penalti, Iglesias

Gol: 1:0 — 60 Ekambi

Gollar: 0:1 — 12 Navarro, 1:1 — 29 Soler, 2:1 — 34 Mina, 3:1 — 68 Gameyro

Gollar: 0:1 — 6, penalti, Unal, 1:1 — 73 Medran, 1:2 — 80 Gvardiola

Gollar: 1:0 — 60 Stuani, 1:1 — 62 Morales, 1:2 — 87 Bardi

Gollar: 1:0 — 22 Xoakin, 1:1 — 55, penalti, Xuanpi, 2:1 — 90 Xoakin

Gollar: 1:0 — 39 Vidal, 2:0 — 89, avtogol, Jene

Gollar: 1:0 — 30 Koke, 1:1 — 70 Sarabiya

Gollar: 0:1 — 6 Dias, 1:1 — 26 Merino, 2:1 — 57 Saldua, 3:1 — 67 Barrenetxea

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют