» » O‘zbekistonning “qizil” va “sariq” hududlarida soat 23:00 dan keyin ko‘chada yurish taqiqlandi

O‘zbekistonning “qizil” va “sariq” hududlarida soat 23:00 dan keyin ko‘chada yurish taqiqlandi


O‘zbekistonning epidemiologik toifasi “qizil” va “sariq” bo‘lgan hududlarida soat 23:00 dan so‘ng ko‘chada yurish taqiqlandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 30-iyun kuni e’lon qilingan axborotida ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi barcha buyum bozorlari haftaning har shanba va yakshanba kunlari yopiladi

“Joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab, ‘qizil’ va ‘sariq’ hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi”, — deyiladi komissiya axborotida.

Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

“Mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi”, — deya qo‘shimcha qilingan Maxsus komissiya axborotida.

Mavzuga doir: Jizzaxda “qizil”, Andijonda “sariq” hududlar paydo bo‘ldi, Farg‘ona “yashil”ligicha, Toshkent “sariq”ligicha qoldi. O‘zbekistondagi hududlar toifasi yangilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют