» » O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin bo‘ladi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar endi uch toifaga ajratiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 30-iyun kuni e’lon qilingan axborotida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, bemorlar quyidagicha ajratiladi:

Shu munosabat bilan 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etiladi:

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi axborotida (biroq tartibni ishlab chiqish sanasi muddatiga aniqlik kiritilmagan).

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili bo‘yicha qat’iy nazorat olib boriladi.

Qayd etilishicha, kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibini buzgan fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют