» » MAGATE Yevropada radiatsiya miqdorining oshganligi hech qanday xavf tug‘dirmasligini ma’lum qildi

MAGATE Yevropada radiatsiya miqdorining oshganligi hech qanday xavf tug‘dirmasligini ma’lum qildi


Yevropaning shimoliy qismida aniqlangan juda kam miqdordagi radioaktiv moddalar inson sog‘lig‘i va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) xabar berdi.

“MAGATE’ga ma’lum qilingan konsentratsiya darajasi juda past bo‘lib, inson sog‘lig‘i va atrof-muhitga xavf tug‘dirmaydi”, — deydi agentlik bosh direktori Rafael Mariano Grossi.

Avvalroq MAGATE bir qator mamlakatlarning tegishli tuzilmalari bilan bog‘lanib, ulardan radioaktiv moddalar miqdorining oshishi o‘z hududlaridagi biror hodisa oqibatida yuzaga kelgan yoki kelmagani to‘g‘risida so‘rov yuborgandi.

29-iyun holatiga ko‘ra, MAGATE’ga a’zo-davlatlar izotoplarning ortishiga aloqador emasliklarini bildirgan. Shuningdek, MAGATE bog‘lanmagan bir qator davlatlar ham o‘z hududida konsentratsiya moddalarining oshishiga olib keladigan hech narsa sodir bo‘lmagani to‘g‘risi ma’lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Yevropaning Rossiya bilan chegaradosh shimoliy qismida radioaktiv moddalar darajasi oshib ketgani aniqlangan. Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya radiatsion monitoring datchiklari radioaktiv moddalar darajasi biroz oshganini qayd etgan. Biroq “Rosgidromet” Boltiq dengizi hududida radioaktiv moddalar darajasi oshgani qayd etilmaganini ma’lum qilgan. Ularning ta’kidlashicha, dengizdagi stansiyalarda gamma-nurlanish miqdori normada. “Rosenergoatom” esa iyun oyida Leningrad va Kola AESlarida birorta holat qayd etilmaganini, stansiyalardan chiqayotgan izotoplarning umumiy miqdori nazorat qiymatidan oshmaganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют