» » MAGATE: Eron yadroviy bitim bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarmoqda

MAGATE: Eron yadroviy bitim bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarmoqda


Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano AQShning Eronga nisbatan e’lon qilgan yangi strategiyasiga izoh berar ekan, rasmiy Tehron yadroviy bitim doirasidagi barcha majburiyatlarini bajarayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Men avval MAGATE Boshqaruv kengashiga ma’lum qilganimdek, Eron Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida yadroviy qurollar bilan bog‘liq o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmoqda”, — dedi bosh direktor.

Shuningdek, u ayni vaqtda Eronda amalda bo‘lgan yadroviy tekshiruv tartibi eng ishonchli darajada ekanini ham ta’kidladi.

Avvalroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Trampning yangi strategiyasini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют