» » O‘zbekistonda 30-iyun kuni koronavirusga chalingan 186 bemor tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 5682 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 30-iyun kuni koronavirusga chalingan 186 bemor tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 5682 nafarga yetdi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog‘aydi.

Xorazm viloyatida esa COVID-19’dan tuzalganlarning soni 302 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi.

Shu tariqa, 30-iyun kun davomida 186 nafar bemor COVID-19’dan tuzalib, hozirda O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2020-yil 30-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87 kishiga ko‘payib, 8385 nafarni tashkil etgani xabar qilingandi. Infeksiya asoratlari oqibatida 25 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют