» » Toshkentda 6 ta yangi ko‘prik qurish rejalashtirilmoqda

Toshkentda 6 ta yangi ko‘prik qurish rejalashtirilmoqda


Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida oltita yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bu “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Yo‘l o‘tkazgichlarning ikkitasini Toshkent halqa avtomobil yo‘li hamda Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmalarida qurish ko‘zlanmoqda.

Yana ikkita ko‘prikni Qorasaroy ko‘chasi va Forobiy ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishadigan chorrahalarida qurish rejalashtirilmoqda. Amir Temur va Xurshid ko‘chalari kesishmasida ham xuddi shunday yo‘l o‘tkazgich quriladi.

So‘nggi loyiha esa Cho‘ponota ko‘chasidan Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va yo‘l o‘tkazgich hisoblanadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Cho‘ponota ko‘chasidan Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich joriy yilning may oyida rasman ochilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют