» » Toshkent yo‘llarning transport oqimi eng zich bo‘lgan qismlari qayta ta’mirlanmoqda

Toshkent yo‘llarning transport oqimi eng zich bo‘lgan qismlari qayta ta’mirlanmoqda


Toshkent shahar hokimligi Bektemir, Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi yo‘llarning transport oqimi eng zich bo‘lgan qismlarini qayta ta’mirlash ishlarini boshladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulov ma’lum qildi.

Rahmonqulovning qayd etishicha, qayta ta’mirlanadigan yo‘llar bo‘yicha loyiha ishlari hali ham davom etmoqda. Rekonstruksiya qilinayotgan uchastkalarda yangi avtobus bekatlari, piyodalar va velosiped yo‘laklarini qurish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qipchoq ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘lini bog‘laydigan yangi yerusti yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur qurilma transport oqimi juda zich bo‘lgan Yangi Sergeli ko‘chasida tirbandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Sergeli tumanidagi avtomobil bozoriga kirish va chiqish yo‘llarini qayta qurish rejalashtirilgan. Qayta qurish tugagandan so‘ng, Yangi Sergeli ko‘chasidan kirish amalga oshiriladi, chiqish esa halqa avtomobil yo‘liga amalga oshiriladi.

Loyihalar doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют