» » APL. “Chelsi” 5 ta gol urilgan London derbisida mag‘lubiyatga uchradi

APL. “Chelsi” 5 ta gol urilgan London derbisida mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Chelsi” 1-iyul, chorshanba kuni “Vest Hem” maydoniga safar qildi.

Dastlab mehmonlar 42-daqiqada Villianning penaltidan urgan goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq “Vest Hem” futbolchilari tanaffus arafasida hisobni tenglashtirdi.

51-daqiqada Mikail Antonio maydon egalarining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 72-daqiqada Villian dubl qayd etib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada Andrey Yarmolenko “bolg‘achilar”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Frenk Lempard shogirdlari uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi va 54 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. “Vest Hem” (30) esa xavfli zonani tark etib, 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

32-tur bahsi

1-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 42, penalti Villian, 1:1 – 45 Souchek, 2:1 – 51 Antonio, 2:2 – 72 Villian, 3:2 – 89 Yarmolenko.

“Vest Hem”: Fabianski, Diop, Kressuell, Ogbonna, Frederiks, Souchek, Fornals (Balbuena, 90), Antonio, Lansini (Uilsher, 68), Bouen (Yarmolenko, 78), Rays.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Kovachich (Maunt, 53), Kante, Pulishich, Barkli (Loftus-Chik, 63), Villian, Abraham (Jiru, 63).

Ogohlantirishlar: Lansini (65), Rays (70), Villian (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют