» » “Real”ning “Xetafe”ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi. Azar unda yo‘q

“Real”ning “Xetafe”ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi. Azar unda yo‘q


Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, ro‘yxatga 29 yoshli hujumchi Eden Azar kiritilmadi. Hozircha belgiyalik futbolchining nima sababdan o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilmagan. Shuningdek, jarohat olgan himoyachi Nacho ham mazkur o‘yinda qatnasha olmaydi.

“Real” 32-turdan keyin 71 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Xetafe” esa 6-o‘rinda (52) joylashgan. O‘tgan turda “Real” safarda “Espanyol”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Xetafe” “Real Sosyedad” ustidan g‘alaba qozondi (2:1).

Ushbu mavsumda Eden Azar barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Azar 2019/2020-yilgi mavsumda turli xil jarohatlar tufayli “Real”ning 24 o‘yinini (176 kun) o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” “Xetafe” uchrashuvi 2-iyuldan 3-iyulga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

O‘yin qaydnomasi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Luka Modrich, Isko.

Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Mariano Dias, Vinisius, Rodrigo, Braim Dias, Luka Yovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют