» » “Real” 2 yil deganda La Ligada mag‘lubiyatsiz seriya qayd etishni boshladi

“Real” 2 yil deganda La Ligada mag‘lubiyatsiz seriya qayd etishni boshladi


Madridning “Real” klubi La Liganing 19-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Madridliklar so‘nggi bor 2017-yilda La Liga doirasida 10 tadan kam bo‘lmagan bahsda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi. Zidan shogirdlari 2019/20-yilgi mavsumda ham bunday seriya qayd etishga erishdi. “Real” so‘nggi bor La Ligada 2019-yil oktabrida “Malyorka”ga mag‘lub bo‘lgandi. Shundan beri 10 ta o‘yin o‘tkazgan “Qirollik klubi” bitta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi.

“Real” La Liga 1-davrasini 40 ochko bilan 2-o‘rinda yakunladi. “Barselona”da ham 40 ochko mavjud, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra, katalonlar birinchi o‘rinda turibdi.

Madridliklarning 20-turdagi raqibi “Sevilya” bo‘ladi. Bellashuv 18-yanvar kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют