» » Respublika maxsus komissiyasi Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar masalasini o‘rganmoqda

Respublika maxsus komissiyasi Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar masalasini o‘rganmoqda


O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik musassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya—Qozog‘iston chegarasidagi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritgan.

Qayd etilishicha, 1-iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reys tashkillashtirildi hamda joriy hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishni va barcha karantin choralariga qat’iy rioya etishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-mayda Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan, ertasi kuni esa O‘zbekiston TIV chegarada to‘plangan yuzlab o‘zbekistonliklardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutishni so‘ragan. Keyinchalik Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralarning ochilishini kutayotgan o‘zbekistonliklar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ular uchun lager-observator tashkillashtirilgani ma’lum bo‘ldi. 18—19-may kunlari Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasidagi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punktida to‘plangan 1206 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytarilgan.

25-mayda Samarada yana yuzlab o‘zbekistonliklar to‘plandi va O‘zbekiston TIV vaziyatga munosabat bildirib, Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmaslikni, yashash joylarida qolishni va karantin choralariga qat’iy amal qilishni so‘radi. 29-mayda vazirlik o‘zbekistonliklarni Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirgan. Iyun oyining boshida Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 350 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Qozog‘iston hududi orqali mamlakatga olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют