» » Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan yuzlab o‘zbekistonliklardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish so‘raldi

Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan yuzlab o‘zbekistonliklardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish so‘raldi


Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda — “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelmoqda va O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilyapti.

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolari va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgan.

“Bundan tashqari, TIV operativ shtabi Rossiya—Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. Yuqoridagilarni inobatga olib, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchlikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 7-may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgan edi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 30-iyungacha bo‘lgan muddatdagi parvozlar uchun chipta sotishni to‘xtatgan. Tashqi ishlar vazirligi charter reyslarni tashkil etish masalasini Maxsus komissiya hal etishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют