» » Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20 da Mang‘istau viloyati hududidagi Tajen–Beyneu avtomobil trassasida O‘zbekiston fuqarosi J.J. boshqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uchragan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Yo‘l transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sh.X. vafot etgan.

Haydovchi va boshqa 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari yengil jarohat olgan va davolanishga muhtoj emas. Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan”, — deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va do‘stlariga ta’ziya izhor etadi va Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют