» » 2019-yilda Rostov-Don, Oqtov, Guanchjou va O‘shda O‘zbekiston konsulxonalari ochiladi

2019-yilda Rostov-Don, Oqtov, Guanchjou va O‘shda O‘zbekiston konsulxonalari ochiladi


Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston)da O‘zbekistonning konsulliklari ochiladi. Bu ma’lumot O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Senatga bergan hisobotida keltirilgan, deb yozadi Turon24.

Senatorlar 14-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili tomonidan vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish faoliyati bo‘yicha axborot tingladi. Hisobotda ta’kidlanishicha, tashqi siyosiy faoliyatni yanada kuchaytirish uchun xorijiy mamlakatlarda bir qancha yangi diplomatik missiyalar ochildi va mavjud bo‘lganlarining shtati kengaytirildi. Ular jumlasiga Markaziy Osiyo davlatlari, Belarus, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Indoneziya va Hindistondagi elchixonalar kiradi. Shuningdek, MDH, BMT Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) va BMT Jeneva shahridagi bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakolatxonalari ham ochilgan yoki kengaytirilgan.

2018-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon, Vladivostok va Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida bosh konsulxonalar ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют