» » O‘zbekistonda aholi tomorqalariga oid yangi qaror imzolandi

O‘zbekistonda aholi tomorqalariga oid yangi qaror imzolandi


Shavkat Mirziyoyev “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar “Tomorqa xizmati” MChJ hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda kafillik berilishi belgilandi.

Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda, ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha qoplab berish tizimi joriy etildi.

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida kamida 30 ta aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million so‘mdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratadi.

2022-yil 1-yanvarga qadar muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona bojining (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lov va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) nol stavkalari belgilandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют