» » O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlarida 161 ta “Tomorqa xizmati” korxonasi tashkil etildi

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlarida 161 ta “Tomorqa xizmati” korxonasi tashkil etildi


Milliy matbuot markazida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tomorqachilikka bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori To‘lqin Sattorov mamlakatda dehqonlarning mehnatini rag‘batlantirish, ularga iqtisodiy ko‘mak berish, faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan jamg‘armaning asosiy faoliyati tomorqa yer egalariga agrotexnika va veterinariya bilan bog‘liq kompleks xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, xonadonlarda tomorqa madaniyatini shakllantirish orqali tomorqani rivojlantirish, ko‘rilayotgan daromadni 2 barobarga oshirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlarida 161 ta “Tomorqa xizmati” korxonalari tashkil etildi. Hozirgi vaqtgacha jamg‘arma hisobiga 200 milliard so‘m mablag‘ jalb etilgan. Mamlakatimizdagi bir qator tijorat banklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, buning natijasida mamlakatdagi dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari o‘zlarining xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun past foizli kreditlar bilan ta’minlanish imkoniga ega bo‘ldi.

Bugungi kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tavsiyasiga ko‘ra, aylanma mablag‘larga muhtoj va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan 40 ta, jumladan, Buxoro va Samarqand viloyatlarida 5 tadan, Navoiy, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 4 tadan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida 3 tadan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 tadan tomorqa xizmati korxonalari tashkil qilinmoqda. Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3 tomorqa xizmati korxonasiga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 1,8 milliard so‘m kredit ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют