» » Shota Arveladze “Surxon”ga qarshi o‘yin haqida: Hamma zarbalar golga aylanaversa, o‘yin qiziq bo‘lmasdi

Shota Arveladze “Surxon”ga qarshi o‘yin haqida: Hamma zarbalar golga aylanaversa, o‘yin qiziq bo‘lmasdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Surxon” uchrashuvidan (3:1) so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining ilk qismida “Surxon” texnik direktori Grigoriy Seytlin qatnashdi.

“O‘yin menga yoqdi. Har ikki jamoa chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda raqib jamoa yaxshiroq o‘ynadi. “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Ularga qarshi o‘ynash oson emasligi bois ikkinchi raqam bilan o‘ynadik. O‘yindagi hisobni biz ochdik. Yosh bolalarcha xatolar tufayli ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordik. Zaxiradan maydonga tushgan Shaydulov chap qanotda yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi.

Vladimir Andreyev jamoa bilan ishlashda davom etadimi? Albatta, u murabbiy sifatida jamoa bilan ishlashda davom etadi. Reglamentga ko‘ra, bosh murabbiy pro-litsenziyasiga ega bo‘lishi lozim, Andreyev esa A litsenziyaga ega. Alohida aytish lozim, tez orada jamoaga pro-litsenziyasiga ega murabbiy tayinlanadi”, — deyz Seytlinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Championat.asia” .

Shundan so‘ng “sherlar” ustozi Shota Arveladze o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin yaxshi o‘tdi, raqib himoyadan to‘p tepdi va qarshi hujumda o‘ynashga urindi. Biz o‘yinda to‘liq nazoratni qo‘lga oldik. Ayniqsa, dastlabki 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi. Penaltidan gol o‘tkazib yubordik. Hayriyatki, chiroyli kombinatsiyalar evaziga ketma-ket ikkita gol urishga erishdik. O‘ylaymanki, haqli g‘alabaga erishdik.

“Surxon” himoyadan o‘ynadi va qarshi hujumda harakat qilishga urindi. Shuningdek, ularda jarima zarbalaridan yaxshi foydalana oladigan futbolchi bor. Yana “Surxon” standart vaziyatlardan yaxshi o‘ynay oladi.

Jamoa golli vaziyatlardan foydalanishda oqsadi? Uchta gol sizga kam ko‘rinayotgani yaxshi. Bu jamoaning yutug‘i. Hamma zarbalar golga aylanaversa, qiziq bo‘lmasdi. “Paxtakor”dan ko‘p narsa kutishadi va bu bizni xursand qiladi”, — deydi mutaxassis.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor”ning ochkolari 18 taga yetdi va jamoa yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Surxon” (4) esa 12-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют