» » Lionel Messi “Barselona”dagi vaziyatdan norozi. U klubni tark etmoqchi

Lionel Messi “Barselona”dagi vaziyatdan norozi. U klubni tark etmoqchi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Сadena Ser xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Messi klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga qaror qilgan. Argentinalik futbolchi klub uchun muammo bo‘lishni istamayapti.

Shuningdek, u doimiy ravishda klub ichkarisidan chiqayotgan turli xil ma’lumotlardan charchagan va o‘zi qabul qilmagan qarorlar uchun javobgar bo‘lib qolayotganidan norozi. Qolaversa, u klubda tayinli loyiha yo‘qligini hazm qila olmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, 33 yoshli Messi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatining 28 o‘yinida ishtirok etib, 22 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Messining katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют