» » Shvetsiyalik muhandislar haydovchisiz boshqariladigan elektroshattlni taqdim etdi: U atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsiz

Shvetsiyalik muhandislar haydovchisiz boshqariladigan elektroshattlni taqdim etdi: U atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsiz


Shvetsiyalik muhandislar Sango nomli haydovchisiz boshqariladigan elektromobil loyihasini taqdim etdi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, avtonom shattl jamoat transporti sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, deb xabar beradi Motor.

Uzunligi 4,27 metrga teng haydovchisiz boshqariladigan shattlga elektromotor va litiy-ionli batareyalar o‘rnatiladi. Elektromobil bir marta quvvatlanish orqali 200 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tishi mumkin. Sinov vaqtida shattlning harakatlanish tezligi 15 km/soatga cheklangan, biroq Sango vaqt-vaqti bilan soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Haydovchisiz boshqariladigan Sango modeli Stokgolmda ishga tushiriladi. Sinovlar doirasida o‘n dona shu turdagi modellar harakatlanadi. Elektromobillarga oltida o‘rindiq o‘rnatilgan bo‘lib, pol qismining pastligi fuqarolarga qulaylik tug‘diradi, shuningdek, u yonga ochiluvchi eshiklar, maxsus shtorlar va Wi-Fi’ga ega. Muhandislarning fikricha, Sango texnik tavsifi jihatda yetakchi brendlardan kam emas, shu bilan birga yo‘lovchilarga avtoturargohlar, ta’mirlash yoki quvvatlantirish kabi muammolarni o‘ylash kerak bo‘lmaydi.

Elektorshattli Shvetsiyada yaratilayotgan ekologik xavfsiz infratuzilmaning markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayni vaqtda dunyodagi 5 foiz avtomobillargina (1,3 milliarddan ortiq) atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan holda ishlab chiqarilmoqda. Buni o‘zgartirish uchun shved startapi yangi avtomobil eko-tizimini yaratishga qaror qilgan.

Avvalroq Toshkentlik tadbirkor poytaxt taksi xizmati uchun Xitoydan 500 ta elektromobil sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют