» » “‘Dacha’larning aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydi”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar haqida

“‘Dacha’larning aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydi”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar haqida


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noqonuniy dala-hovlilarning buzilishi yuzasidan 2 iyul kuni OAV vakillari uchun press-tur uyushtirildi. Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, AOKA hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Press-tur davomida Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov tumandagi turistik zonalarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarning buzib tashlanayotgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

“Toshkent shahridan Bo‘stonliqqa kelguncha yo‘ldagi go‘zal manzarani ko‘rib, odamning bahri dili ochiladi — hammayoq ko‘m-ko‘k daraxtzor. Bu bizniki, shu xalqniki. Shu yerda odamlarga yaxshi sharoit yaratib, tabiat jozibadorligini saqlashimiz, sayyohlarni ko‘proq jalb qilishimiz kerak. Bo‘stonliqqa sayyohlarning kelishidan kimga foyda? Hududdagi xalqqa foyda. Ma’lum to‘lov evaziga sayyohning xizmatini, choyini qilib beradi.

Yo‘l chetlari, daryo bo‘ylari, kuchli elektr quvvati o‘tgan nuqtalarda qurilish ishlarini amalga oshirish qonunan mumkin emas. Bu aholi uchun ham juda xavfli. Tumanda bunyod etilgan obyektlarni o‘rganish davomida elektr simi o‘tgan joyda ham, yo‘lning chetida ham qurilishlar qilinganiga guvoh bo‘ldik. Ayrim ko‘chalarda yurishga yo‘lakcha ham yo‘qligini ko‘rdik — aholi uylariga qo‘shib olgan. Qisqasi, suv bo‘ylari, yo‘l chetlarini noqonuniy egallab olganlar juda ko‘p.

Tuman hududida yosh bolalarning sil kasalliklari sihatgohi bor. U yerga butun respublikadan bolalar kelib davolanadi, o‘qiydi. Hatto o‘sha tashkilot hududi ham talon-toroj qilingan. Kimdir uy qurib bitkazib olgan, ayrimlar esa endi uy quryapti”, — dedi Yodgorov.

Oliy sud vakilining qayd etishicha, ular orasida qalbaki hujjat asosida qurilish qilganlar ham mavjud. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini oq, davlat tashkilotlarini qora qilib ko‘rsatmoqda.

“Bir ayolning suv bo‘yidagi xavfli joyga qurilgan uyi buzilyapti, u esa ijtimoiy tarmoqqa chiqib olib dod-voy solyapti. Ommani o‘ziga ishontirish uchun ‘uyimni ogohlantirishsiz buzishyapti’, deyapti. Ammo uni ikki oydan beri ogohlantirib kelyapmiz, bu yerda qurish mumkin emas, noqonuniy ish qilma, deb ko‘p marta aytdik. Ayol ‘hujjatim bor’, deb chiqdi. Biroq uning hujjati Davlat xizmatlari agentligi orqali egalik huquqidan o‘tayotgan paytda qalbaki bo‘lib chiqdi. Surishtirsak, mahalla raisi lavozimida ishlagan qaynotasi 2019-yilda 1998-yilgi hujjatni qalbakilashtirgan ekan

Bu yerdagi ‘dacha’larning ko‘pi odamlarga xizmat ko‘rsatish uchun noqonuniy qurilgan. Aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydi, did jihatdan ham yaxshi emas. Yer berishning ham tartib-qoidasi bor. Har bir fuqaro qurilish qiladimi, ‘dacha’ quradimi, tartibga bo‘ysunishi kerak. Bo‘stonliq — tog‘li hudud, xavfli joylari ham bor. Ertaga kimningdir uyini sel olib ketishi, turgan joyi o‘pirilib tushishi mumkin.

Mazkur tumanda buzilayotgan uylar 2018-yilning 20-aprelidagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga berilgan bir martalik davlat aksiyasidan keyin qurilgan obyektlar hisoblanadi. Ungacha bo‘lgan uylarning barchasini hujjatlashtirib berganmiz. Lekin noqonuniy qurilgan uylar albatta buziladi. Bir yil ichida 1193 gektar yer qaytarib olindi.

Biz aholiga qonuniy ish qilishni, xavfsizlik qoidalariga rioya etishni to‘g‘ri tushuntira olishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Xolmo‘min Yodgorov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют