» » “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazdi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazdi


Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi rahbariyati tomonidan may oyida respublikaning barcha viloyatlari bo‘ylab ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Rais o‘rinbosarlari boshchiligida o‘tkazilgan jami 19 ta sayyor qabulda 400 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning muammolari tinglandi hamda ularning aksariyat qismi joyida o‘z yechimini topgan.

“Ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish”,— deydi rasi o‘rinbosari Sh.Habibullayev.

Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari sayyor qabullarda qayta-qayta murojaat qilayotgan fuqarolar muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratgan. Sayyor qabullar davomida viloyat boshqarmalari, hududiy Yermulkkadastr davlat korxonalari hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 04:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют