» » Bosh vazir o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar masalasiga izoh berdi

Bosh vazir o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar masalasiga izoh berdi


Qator davlat tashkilotlari hamkorligida 2-iyul kuni jurnalistlar uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noqonuniy dala-hovlilarning buzilishi yuzasidan press-tur tashkil etildi. Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham qatnashib, hududdagi shov-shuvli “snos”lar masalasiga izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

“Ko‘p yillar davomida Bo‘stonliq tumanida noqonuniy qurilish ishlarini qilish oddiy holatga aylangan. Qonun ustuvorligi ta’minlamagani uchun ko‘pchilik: ‘Qonunni buzsak, davlat organlarida ham o‘zimizga o‘xshagan odamlar ishlaydi, borib kelishamiz, biror ehtiyojini qilib beramiz’, degan fikrda yurgan.

O‘rganishlar jarayonida bir narsadan hayron bo‘ldik, ochig‘i. Nafaqat Bo‘stonliqda, balki boshqa hududlarda ham fuqarolar noqonuniy tarzda egallamoqchi bo‘lgan yerlariga avvaliga tosh terib qo‘yarkan, keyin sekingina yog‘och taxlaydi, undan so‘ng g‘isht teradi va ustini yopadi — shu bilan imorat tayyor. So‘ngra turli yo‘llar bilan egalik huquqini qo‘lga kiritishadi.

Bu kabi noqonuniy qurilishlar nima sababdan kelib chiqmoqda? Qurilish uchun yerlar qonuniy ajratilmagan, ochiq auksionga qo‘yilmagan. Hokimiyat tomonidan qonuniy yerlar ko‘rsatilmagani va e’tibordan chetda qoldirilgani bois odamlar turli yo‘llar bilan noqonuniy qurilish qilgan. Bu kabi holatlarni hozir oldini olmasak, keyinchalik yana davom etaveradi.

Oddiy o‘qituvchi, shifokor xodimlar bu yerdagi qimmat ‘dacha’larga kelib, hordiq chiqara olmaydi. Sanatoriy tipdagi dam olish maskanlaridan voz kechib, uch-to‘rt qavatli zamonaviy mehmonxonalar qurishni rejalashtiryapmiz. Bu borada xalqaro tajribani ham o‘rganib chiqdik. Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiyadan jalb etilgan mutaxassislar fikrlarini ham eshitdik”, — dedi Abduhakimov.

Mavzuga doir: “‘Dacha’larning aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydi”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют