» » O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar soni 1,2 milliondan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar soni 1,2 milliondan oshdi


O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi bir kunda 17 937 ta, umumiy hisobda esa 1 246 691 ta test o‘tkazildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 3-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Botir Qurbonov, shuningdek, O‘zbekistondagi koronavirusga chalinganlar bilan bog‘liq vaziyat haqida ham ma’lumot berdi. Uning aytishicha, ayni paytda mamlakatda jami 9 199 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan. Bemorlarning 6 034 nafari to‘liq sog‘aygan, 3138 nafari davolanmoqda. Ulardan:

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 65 207 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. 41 173 nafar fuqaro uy sharoitida, 24 034 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan.

Ma’lumot uchun, 15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют