» » Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi


Abdulmanap Nurmagomedovning do‘sti, sharhlovchi Ramazon Rabadanov murabbiyning o‘limiga nima sabab bo‘lganini aytdi.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nurmagomedov vafot etganini ma’lum qilgandi.

“Unda ikki bor insult kuzatildi. Yurak va miyasida. Yurakni davolash mumkin, miyani esa yo‘q. U koma holatidan chiqmadi. Vaziyat og‘ir edi, juda kech bo‘lgandi. Shifokorlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Hatto prezidentga ham chiqishdi, biroq ahvol juda og‘ir edi”, — deydi Rabadanov.

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasida may oyida koronavirus aniqlangandi. Avvalroq Habib koronavirus ortda qolgani, biroq otasining ahvoli og‘ir ekanini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Abdulmanap Nurmagomedov 1962-yil 10-dekabrda Dog‘istonda tug‘ilgan. Dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют