» » O‘zbekistonda yana 90 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 6251 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 90 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 6251 nafarga yetdi


Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 41 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida yana 18 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 5 nafar, jami 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, 3-iyul kuni o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi. Shu tariqa, O‘zbekistonda 3-iyul kuni 217 kishi koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi kunlik rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich 27-iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 202 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi.

Vazirlikning qayd etishicha, 3-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 212 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 3837 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6251 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 3-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127 kishiga ko‘payib, 9326 nafarni tashkil etmoqda. Shu paytga qadar 28 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoning G‘uzor tumani va viloyatdagi 17 ta mahalla “qizil” hududga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют