» » Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi

Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi


Koronavirus pandemiyasi davrida Qozog‘istonda jami 18 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda davlat bosh sanitar vrachi Ayjan Yesmagambetovaga tayanib Tengrinews nashri xabar qilgan.

“Bugungi kunda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning 11,5 foizini tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. Ularning 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 511 nafar tibbiyot xodimi davolanishni davom ettirmoqda. Ular orasidan 18 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan”, — degan Ayjan Yesmagambetova maxsus brifingda.

Shuningdek, Yesmagambetova o‘lim holatlarining hammasi ham koronavirus bilan bog‘liq emasligini qayd etgan. Shifokorning aytishicha, bunda COVID-19 bemorlarini davolash bilan bevosita aloqador faoliyatning ta’siri mavjud.

2020-yil 7-aprelda Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingan.

14-iyunda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlandi, keyinchalik 20-iyunda Yeljan Birtanov lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rnini o‘rinbosari Aleksey Soy egalladi.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ham 18-iyunda koronavirus bilan kasallangani ma’lum qilindi. U kasallik tufayli Moskvada o‘tgan G‘alaba paradida ishtirok etmadi. 2-iyulda Nazarboyevning koronavirusdan tuzalgani, o‘zini izolyatsiya qilishda davom etishi, masofadan ishlashi va ochiq havoda sayr qilish uchun vaqt ajratishi aytildi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan sog‘aygan Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarga murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют