» » Qozog‘istonda yana 7 nafar tibbiyot xodimida COVID-19 aniqlandi

Qozog‘istonda yana 7 nafar tibbiyot xodimida COVID-19 aniqlandi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasining 6 nafar xodimi, shuningdek, Shahar markaziy klinik kasalxonasining xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Informburo.kz” xabar bergan.

“Infeksiyaga qarshi statsionar davolash muassasalarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 427 nafar bemor, jumladan, olmaotalik ayol ham davolanmoqda. Bemorlarning uch nafari o‘ta og‘ir, olti nafari og‘ir, 121 nafari o‘rtacha og‘irlikdagi holatda, qolganlarining holati qoniqarli”, — deya xabar bergan shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Shahar bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 84 nafarga yetgan.

“278 nafar odam vaqtinchalik davolash joylarida, 341 kishi karantin izolyatorlarida va 9678 nafar fuqaro uy sharoitidagi karantinda bo‘lib turibdi”, — deyiladi boshqarma hisobotida.

Qozog‘iston Respublikasi bosh sanitar vrachi Ayjan Yesmagambetova 17-aprel kuni mamlakatda koronavirusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlarining soni 423 nafarga yetgani, ularning 53 foizi Olmaotada, 33 foizi Nur-Sultonda va 23 foizi Chimkentda ekanini ma’lum qilgan.

Shahar markaziy klinik kasalxonasining o‘zida COVID-19 yuqtirib olganlarning soni 182 nafarni tashkil qilayotgandi. Kasallangan tibbiyot xodimlarining muayyan qismi IIV sanatoriysiga olib ketilgan, ayrimlari kasalxonaning o‘zida qolgan. Shuningdek, kasalxonada 215 nafar bemor ham qolgani va ularning COVID-19’ga test qilingani aytilgandi. Muassasa karantinga yopilgan.

Qozog‘istonda 19-aprel holatiga ko‘ra, 1676 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 401 nafar kishi kasallikdan tuzalgan, 17 nafar bemor infeksiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют