» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 20 kishiga, Qirg‘izistonda esa 26 kishiga ko‘paydi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 20 kishiga, Qirg‘izistonda esa 26 kishiga ko‘paydi


Qozog‘istonda 3-may holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 20 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 3 877 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Qayd etilishicha, Nur-Sultonda 4 ta, Olmaota viloyatida 4 ta, Mang‘istau viloyatida 1 ta, Qizilo‘rda viloyatida 4 ta, Atirau viloyatida 1 ta, Aqto‘be viloyatida 6 ta holat aniqlangan.

2-may kuni 114 kishi koronavirusga chalingani xabar berilgan edi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, 995 nafar bemor sog‘aygan.

Qirg‘izistonda esa 3-may kuni koronavirusga chalinganlar soni 26 kishiga ko‘payib, 795 nafarga yetdi, bemorlarning 37 nafari tuzaldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat koronavirusga qarshi shtabiga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning 7 nafari tibbiyot xodimlaridir. Shu kungacha koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari soni 207 kishiga yetdi.

Umumiy hisobda mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan 795 bemordan 564 nafari sog‘aygan, 10 nafari vafot etgan.

O‘zbekistonda esa 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2127 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus oqibatida ikki kishi vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют