» » Amerikalik erkak singan qarmoqda 90 kiloli baliq tutdi

Amerikalik erkak singan qarmoqda 90 kiloli baliq tutdi


Amerikalik baliqchi singan qarmoq yordamida 90 kilogrammli cho‘rtanbaliqni ushlashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Lared Morning Times nashri.

Amerikaning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Jessi Gonsales otasi bilan Rio-Grande daryosiga baliq ovlashga borgan. Erkak ulkan baliqni tutishga muvaffaq bo‘lgan, biroq baliq bilan “kurash” vaqtida qarmoq sinib ketgan.

Baliqchining ta’kidlashicha, cho‘rtanbaliq jon jahdi bilan kurashgan, biroq u baliqni yengishga muvaffaq bo‘lgan. O‘lja qirg‘oqqa olib chiqilganida uning uzunligi 2 metr, og‘irligi esa 90 kilogrammdan ortiqroq ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Gonsalesning tan olishicha, u tutgan o‘ljasi bilan faxrlanadi va unga baliq tutishni otasi o‘rgatganini qayd etib o‘tgan.

Avvalroq yaponiyalik baliqchi noodatiy baliq tutgani, internet foydalanuvchilari bunday baliq borligiga ishonmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Avstraliyalik baliqchi 30 yillik faoliyati davomidagi eng katta baliqni tutib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют