» » Toshkentda DXX “Jihodchilar”ning ikkita guruhini qo‘lga oldi (video)

Toshkentda DXX “Jihodchilar”ning ikkita guruhini qo‘lga oldi (video)


Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida jami a’zolari 25 nafar bo‘lgan ikkita yashirin “Jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhlardan biri 2019-yilning may oyida tashkil etilgan bo‘lib, unga yetakchilik qilgan shaxs o‘tgan yilning noyabr oyida Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan.

Ikkinchi guruh esa muqaddam ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqaro tomonidan tuzilgan.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, birinchi guruh a’zolarining aksariyati hozirda Suriyadagi jangarilar safida bo‘lgan o‘z yetakchisi bilan internet orqali muntazam ravishda aloqa qilib turgan.

O‘zaro yig‘inlarda guruhlar a’zolari diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining, jumladan, Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiyning hijrat va jihod qilish to‘g‘risidagi audio, videoma’ruzalari hamda da’vatlarini tinglab, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini o‘z atrofidagilarga targ‘ib qilib kelishgan.

1968—2002-yillar oralig‘ida tug‘ilgan mazkur shaxslarning 3 nafari avval ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur guruhlar a’zolari orasida xususiy nashriyot rahbari, tibbiyot xodimi, arab tili kursi o‘qituvchisi, umumiy ovqatlanish muassasalari ishchilari va tijorat ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bor.

Har ikki guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida 200 dan ortiq norasmiy diniy adabiyot va varaqalar, shuningdek, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon, flesh-karta va DVD disklar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Oliy Sudining qarori hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosalariga ko‘ra Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalari aqidaparstlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi va mamlakatdagi konstitutsion tuzumni qonunga xilof tarzda o‘zgartirishga qaratilganligi bois ularni respublika hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 11 nafar a’zosi hibsga olindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahrida mazkur oqimning bir guruh a’zolari qo‘lga olingan edi. Joriy yilning 7-yanvar kuni Toshkentda mazkur oqimning yana bir guruhi qo‘lga olingan. 8-iyun kuni Boysunda oqimning yana bir guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. 12-iyunda Andijonda “Jihodchilar”ning yana bir guruhini qo‘lga olgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют