» » Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopildi

Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopildi


Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri 20 kunga transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, 4-iyuldan 24-iyulga qadar Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi transport vositalari harakati uchun berkitiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi 14 kunga yopilishi, Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari ham 14 kunga yopilishi xabar berilgandi.

Shuningdek, Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari qachongacha davom etishi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют