» » Meksikada narkokartel yetakchisi o‘ldirilishi tartibsizliklarga sabab bo‘ldi

Meksikada narkokartel yetakchisi o‘ldirilishi tartibsizliklarga sabab bo‘ldi


Meksikada harbiylar bilan to‘qnashuvda narkotik moddalar bilan shug‘ullanuvchi “Bo‘g‘oz” karteli yetakchisi Xulian Loys Salinas o‘ldirilgach, Tamaulipas shtati Reynos shahrida ommaviy yo‘llarni yopish va o‘t yoqib yuborish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda shtat xavfsizlik kuchlari vakili Luis Rodriges Suares axborotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Buqa Komandante” laqabi bilan mashhur 22-aprel kuni Loys Reynosda harbiylar tomonidan otib o‘ldirildi. U Tamaulipasdagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatida turar edi.

“Biz 32 ta blokadani aniqladik, ulardan 11 tasi avtomobillarni yoqib yuborish orqali tashkillashtirilgan. Savdo markazlarida to‘qqizta o‘t yoqish holati kuzatilgan. Yana 18 ta qarovsiz hudud yoqib yuborilgan”, — dedi xavfsizlik kuchlari vakili.

Tamaulipas shtati Ichki ishlar vazirligi Loysning o‘ldirilishi natijasida yuzaga kelgan vaziyat va uning kuchayayotgani tufayli fuqarolarni Reynosga bormaslikka chaqirdi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют