» » 18 yoshli Meyson Grinvud “Manchester Yunayted” safida 37 yil ichida qayd etilmagan natijaga erishdi

18 yoshli Meyson Grinvud “Manchester Yunayted” safida 37 yil ichida qayd etilmagan natijaga erishdi


“Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi bahsda (5:2) raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi.

Ushbu dubl evaziga angliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalardagi gollari sonini 15 taga yetkazib oldi.

Meyson 37 yil ichida “Manchester Yunayted”ning  bunday natijaga erishgan eng yosh o‘yinchisiga aylandi. U bu natijani 18 yosh-u 277 kunligida qayd etdi. Bundan oldin ushbu ko‘rsatkichni 1983-yilda Norman Uaytsayd 18 yosh-u 19 kunligida qayd etgan.

Grinvud Manchester klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018-yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda. Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumida 26 uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют