» » A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Italiya chempionatining 30-turida “Inter” 5-iyul, yakshanba kuni “Bolonya”ni qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining ustunligida boshlandi. 22-daqiqada Romelu Lukaku milanliklarni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada mehmonlar Roberto Sorianoning chetlatilishidan so‘ng bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq vaziyat kutilganidan boshqacha aks oldi. “Inter” futbolchilari penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo Lautaro Martines 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etolmadi.

74-daqiqada Musa Juvara muvozanatni tikladi. Oradan uch daqiqa o‘tib, mezbonlar  safida ham chetlatish bo‘ldi. 80-daqiqada Musa Barrou “Bolonya”ga g‘alaba keltirgan golni urdi

“Inter” 64 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. “Bolonya” (41) esa 9-pog‘onaga ko‘tarildi.

A Seriya

30-tur bahsi

5-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 22 Lukaku, 1:1 – 74 Juvara, 1:2 – 80 Barrou.

“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio, Bastoni, de Vrey, Yang (Biragi, 85), Kandreva, Brozovich (Valero, 88), Galyardini (Vesino, 88), Eriksen (Sanches, 75), Martines (Espozito, 85), Lukaku.

“Bolonya”: Skorupski, Larangeyra, Densvil, Tomiyasu (Bani, 65), Deyks, Sxauten, Dominges (Baldursson, 88), Orsolini (Palasio, 65), Soriano, Sansone (Juvara, 65), Barrou (Svanberg, 85).

Ogohlantirishlar: Larangeyra (15), Bastoni (41), Palasio (78), Juvara (79), D`Ambrozio (90).

Chetlatishlar: Soriano (57), Bastoni (77).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют