» » Kanye Uest AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Ilon Mask uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Kanye Uest AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Ilon Mask uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor


Reper Kanye Uest Twitter’da AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qildi.

“Biz Tangriga ishonib, Amerika va’dalarini amalga oshirishimiz, umumiy dunyoqarashlarni birlashtirib o‘z kelajagimizni qurishimiz lozim. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga o‘z nomzodimni qo‘ymoqchiman!”

Uest aynan qachon prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan, biroq o‘z tvitini #2020VISION xeshtegi bilan tugatib, 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga shama qilgan.

Reperning tvitiga Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Kanye Uestning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Kanye Uest 2015-yilda ham prezidentlikka nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan, ammo saylov kampaniyasida ishtirok etmagan.

2018-yilda reper AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashgan. U bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan Larri Guverni afv etishni so‘rab davlat rahbariga murojaat qilgan. Tramp Uestning rafiqasi mashhur realiti shou yulduzi Kim Kardashyan bilan ham uchrashgan. Ayol ham prezidentdan giyohvand moddalar saqlash va iste’mol qilishda ayblangan Elis Jonsonni ozod qilishni so‘ragan. Jonson afv etilgan, Guver hali ham qamoqda qolmoqda.

2020-yil aprel oyida reper Kanye Uest moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgandan so‘ng milliarderga aylangandi. Iyun oyida Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qilgan, unda Uest Kayli Jennerdan keyin 170 million dollar bilan 2-o‘rinni egallagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют