» » Belarus klubining 11 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ularning 3 nafari kasalxonaga yotqizildi

Belarus klubining 11 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ularning 3 nafari kasalxonaga yotqizildi


Belarusning “Dinamo Brest” futbol klubida koronavirusga chalingan 16 kishi borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida “Tribuna.сom” nashri xabar bermoqda.

Ular orasida 11 nafar futbolchi bor: darvozabon Sergey Ignatovich, himoyachilar Evgeniy Xacheridi, Maksim Vitus, Kirill Pechenin, yarim himoyachilar Artyom Milevskiy, Aleksandr Noyok, Roman Yuzepchuk, Mixail Gordeychuk, Sergey Krivets va hujumchilar Vsevolod Sadovskiy va Denis Laptev.

Shuningdek, yana besh nafar klub xodimida kasallik aniqlangan. Hozirda uch nafar futbolchi kasalxonaga yotqizilgan. Keyingi turda “Dinamo”ning o‘rinbosarlar jamoasi maydonga tushishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda СOVID-19 infeksiyasi 63,554 kishida qayd qayd etilgan. 423 kishi esa ushbu kasallikdan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Belarus chempionati vakili “Energetik BGU” klubida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi — Jasurbek Yaxshiboyev va Shahboz Umarov to‘p suradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 71) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют