» » “Energetik-BGU” amaldagi chempionni mag‘lub etdi. Yaxshiboyev to‘liq o‘ynadi

“Energetik-BGU” amaldagi chempionni mag‘lub etdi. Yaxshiboyev to‘liq o‘ynadi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 9-turida “Energetik-BGU” 16-may, shanba kuni Brestning “Dinamo”sini qabul qildi.

Minskda bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydon egalari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Dushan Bakich “talabalar”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Yevgeniy Yudchits minsklarning ikkinchi golini urdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Sergey Kislyak hisobni qisqartirishga erishdi.

Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 68-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Energetik-BGU” ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Torpedo-Belaz”ga yetib oldi. Amaldagi chempion esa 9 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Belarus Oliy Ligasi

9-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 40 Bakich, 2:0 – 47 Yudchits, 2:1 — 90+4 Kislyak.

“Energetik-BGU”: Lesko, Mavatu, Yudchits, Sokol, Svirepa, Bakich (Girs, 67), Nosko, Tve, Umarov (Sovpel, 68; Shorats, 84), Yaxshiboyev, Shkurdyuk.

“Dinamo Brest”: Pavlyuchenko, Pavlovets, Veretilo, Kiki, Bikov, Yuzepchuk, Krivets (Milevskiy, 62), Savitskiy, Kislyak, Gordeychuk (Pechenin, 76), Sadovskiy (Laptev, 63).

Ogohlantirishlar: Tve (19), Nosko (24), Mavatu (29), Yuzepchuk (70).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют