» » Jasur Yaxshiboyevning dubli Energetik-BGUga peshqadam ustidan galabani taqdim etdi

Jasur Yaxshiboyevning dubli Energetik-BGUga peshqadam ustidan galabani taqdim etdi


Futbol boyicha Belarus chempionatining 8-turida Energetik-BGU 8-may, juma kuni Slutsk maydonida mehmon boldi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan kop otmay Jasur yana bir 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etgan holda dublni rasmiylashtirdi.

41-daqiqada Slutsk Umar Balaning golidan keyin hisob qisqardi. Ikkinchi bolim ortalarida minskliklar bir kishi kam bolib qoldi: Ayk Musaxanyan ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Biroq qolgan vaqtda hisob ozgarmadi. Oyin songgida Yaxshiboyev het-trik qayd etishi mumkin edi, biroq birga-bir vaziyatda uning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.

Uchrashuvda Yaxshiboyev toliq harakat qilgan bolsa, asosiy tarkibda maydonga tushgan Shahboz Umarov bir bolim oynadi.

Shu tariqa, talabalar ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda ikkinchi pogonaga kotarildi. Slutsk esa 16 ochko bilan hozircha peshqadamlikni saqlab turibdi.

Belarus Oliy Ligasi

8-tur bahsi

Gollar: 0:1 17, penalti Yaxshiboyev, 0:2 28, penalti Yaxshiboyev, 1:2 41 Umar Bala.

Slutsk: Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotayev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).

Energetik-BGU: Lesko, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.

Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Bakich (67).

Chetlatish: Musaxanyan (71).



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2020, 21:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -