» » 6-iyul – “Forrest Gamp” filmining premyerasi kuni (galereya)

6-iyul – “Forrest Gamp” filmining premyerasi kuni (galereya)


“Forrest Gamp” – 1994-yilda amerikalik rejissor Robert Zemekis suratga olgan film. Bosh rolni mashhur aktyor Tom Xenks ijro etgan. Filmda bosh qahramon Forrest Gamp nomidan uning g‘ayrioddiy hayoti haqida hikoya qilinadi. Film kinematograf tarixidagi eng buyuk kartinalardan biri hisoblanadi. U bugungi kunga qayta-qayta ko‘riladigan shedevr hisoblanadi.

Film premyerasi 1994-yil 6-iyunda bo‘lib o‘tgan. Premyeraga 26 yil to‘lishi munosabati bilan “Forrest Gamp”ni yodga olamiz.

Asosiy suratga olish ishlari 1993-yil oxirida, asosan Jorjiya, Shimoliy Karolina va Janubiy Karolinada bo‘lib o‘tgan. Tarixiy sahnalarga Xenksni kiritish va boshqa sahnalarni yaratish uchun keng vizual effektlardan foydalanilgan. Saundtrekda filmda turli davrlarni aks ettiruvchi qo‘shiqlar mavjud.

1994-yil 6-iyulda AQShda film premyerasi bo‘lib o‘tdi va juda katta muvaffaqiyat olib keldi. Amerikada eng mashhur film deb baholandi va teatr tomoshasi davomida butun dunyo bo‘ylab 677 million AQSh dollaridan ko‘proq daromadga ega bo‘ldi, bu 1994-yilda “Qirol sher” dan keyin ikkinchi eng yuqori darajadagi film deb topildi. U ko‘plab nominatsiyalarda g‘olib bo‘ldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, premyera yili “Forrest Gamp”ga eng ko‘p qiziqish bildirilgan va 22 ta davlatda tomosha qilingan. Film o‘z ijodkorlariga dunyodagi 38 ta mukofot, shu jumladan, oltita “Oskar” olib bergan. Quyida filmdan fotolavhalar bilan tanishasiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют