» » Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardagi yutuqlari uchun Shorty Awards mukofoti topshirildi

Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardagi yutuqlari uchun Shorty Awards mukofoti topshirildi


Nyu-Yorkda 2016-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va yutuqlari uchun Shorty Awards mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ommabop aktyor deya 14 yoshli amerikalik Geyten Mataratsso e’tirof etildi. U “Xo‘rlanganlar” myuziklidagi rolidan so‘ng tanilgan. Hay’at fikriga ko‘ra, Mataratsso ishtirok etgan va Netflix video-servisiga joylangan “Juda g‘ayrioddiy ishlar” seriali ham katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Avvalroq aktyor Amerikaning Time jurnali versiyasiga ko‘ra, 2016-yilda 100 nafar eng ta’siri kuchli o‘smirlar reytingiga kirgan edi.

Internetda eng katta yutuqlarga erishgan aktrisa sifatida kanadalik ijrochi va model Shey Mitchell tan olindi. U “Yoqimtoy yolg‘onchilar” seriali yakunlanishi munosabati bilan YouTube’ga joylagan videomurojaat 2 million martadan ko‘proq tomosha qilingan. Bundan tashqari, uning YouTube’ga qo‘yib boriladigan pazandalik darslari ham katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Internetdagi eng ommabop jonivorga bag‘ishlangan nominatsiyada Kruzo laqabli taksa g‘olib bo‘ldi. Kruzo ishtirokidagi videolar YouTube’da 44 million martadan ko‘proq ko‘rilgan.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют