» » AQSh Davlat departamenti Rossiyani Donbassda amerikalikning halok bo‘lishi yuzasidan surishtiruvda ko‘mak berishga chaqirdi

AQSh Davlat departamenti Rossiyani Donbassda amerikalikning halok bo‘lishi yuzasidan surishtiruvda ko‘mak berishga chaqirdi


AQSh Davlat departamenti YeXHTning Donbassdagi Maxsus monitoring missiyasi tarkibiga kirgan amerikalikning halok bo‘lganligidan shokka tushgan va qayg‘urmoqda. Bu haqda boshqarma saytida chop etilgan xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

AQSh fuqarosi 23-aprel kuni YeXHT Maxsus monitoring missiyasi avtomobilining portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Portlash chog‘ida, shuningdek, Germaniya va Chexiya fuqarolari ham jabrlangan.

“Qo‘shma Shtatlar YeXHTga o‘z vaqtida to‘liq va shaffof surishtiruv o‘tkazish imkonini berish uchun Rossiyani separatistlarga o‘z ta’sirini qo‘llashga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.

Davlat departamenti, shuningdek, Rossiyani Ukraina sharqida tinchlik yo‘lidagi birinchi qadamni qo‘yish uchun Donbass ko‘ngilli askarlariga ta’sir ko‘rsatishga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют