» » AQSh davlat kotibi Trampning Vyetnamdagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi

AQSh davlat kotibi Trampning Vyetnamdagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi


Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp noyabr oyida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Vyetnamga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 20-aprel, payshanba kuni Vyetnam tashqi ishlar vaziri Fam Bin Min bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Vazir o‘rinbosari Fam Bin Min Vyetnam Sotsialistik Respublikasi prezidenti Chan Day Kuangning AQSh prezidenti Donald Trampga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Danangdagi sammitida ishtirok etish, shuningdek, Vyetnamga rasmiy tashrif buyurish haqidagi rasmiy taklifini topshirdi”, — deb ta’kidlanadi tashqi ishlar boshqarmasi xabarida.

Davlat departamenti rahbari va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster Amerika yetakchisining sammitda ishtirok etishini tasdiqladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют