» » AQSh va Xitoy KXDRning yadro quroli tahdidiga birgalikda qarshi turishga kelishib oldi

AQSh va Xitoy KXDRning yadro quroli tahdidiga birgalikda qarshi turishga kelishib oldi


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan XXRda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida gapirib berdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Shimoli-Sharqiy Osiyo hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda ish yuritish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — dedi Reks Tillerson.

Shuningdek, tomonlar “xavfli daraja”ga yetgan holat — KXDR yadroviy dasturi solayotgan tahdidga nisbatan birgalikda qarshi turishga kelishib oldi. “Biz bir xil fikrdamiz — Koreya yarim orolidagi tanglik yuqori darajaga yetdi”, — deb ta’kidladi AQSh davlat kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reks Tillerson AQSh Shimoliy Koreya o‘z yadroviy dasturi bilan tahdid qilsa, barcha turdagi harakatlar, xususan, harbiy mojaro variantining ham ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют