» » Video: Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor

Video: Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotgan, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni aks etgan videoni taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli ushbu bemorning ahvoli o‘ta og‘ir. U yillar davomida qandli diabetdan davolanib kelgan, ayni paytda ushbu kasallikning 2-turi og‘ir kechmoqda, bemor insulinga muhtoj. Shuningdek, yog‘li gpatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklari ham mavjud. Bu esa bemorda xastalikning og‘ir kechishiga sabab bo‘lmoqda.

“Ushbu holat butun dunyo mamlakatlarida shiddat bilan tarqayotgan koronavirus infeksiyasining naqadar xavfli ekanligidan dalolat beradi. Agar karantin qoidalariga qat’iy rioya etmasak, hushyor bo‘lmasak, nafaqat o‘zimizni, balki yaqinlarimizni ham xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin. Negaki, atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining tezlashishi bilan birga ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni ham ortmoqda. 7-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda 3732 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 38 nafarga yetgan. Shu bilan birga, Navoiy viloyatida koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi, biroq bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha rasman ma’lumot bergani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют