» » Bollivudning ajrashishi muxlislar uchun kutilmagan hol bo‘lgan juftliklari (foto)

Bollivudning ajrashishi muxlislar uchun kutilmagan hol bo‘lgan juftliklari (foto)


Kino sanoati vakillarining hayotida ham boshqalarniki singari turli o‘zgarish va yangiliklar bo‘lib turadi.

Ritik Roshan va Syuzana Xon — 14 yil

Ritik Roshan aktyor Sanhay Hannaning kichiki qizi Syuzana bilan 2000-yil 20-dekabrda turmush qurgan. Avvaliga 70 kishilik, keyin esa barcha kinosanoat vakillari ishtirokida to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan. Juftlik 14 yillik turmushi davomida Ridan va Rexan ismli farzandlarni katta qilgan. Oradan 14 yil o‘tib barcha havas bilan qaraydigan juftlik ajrashayotgani haqida xabar tarqalgan. Bunga Ritikning xiyonati sabab bo‘lgan. Ritik va Syuzan boshqa-boshqa yo‘ldan ketganiga qaramay, do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan. Ular bayram va ta’til kunlari farzandlari bilan birga vaqt o‘tkazadi.

Farxan Axtar va Adxuna Babani — 16 yil

Aktyor Farxan Axtar rafiqasi bilan 16 yillik turmushidan keyin 2017-yilda hammasiga nuqta qo‘ygan. Ularning turmushidan ikki qiz farzandi bo‘lgan. Bir qarashda mustahkamdek tuyilgan oilaviy munosabatlarning darz ketishi muxlislarni hayratga solgan. Juftlikning bunday qaror qilishiga Farxanning boshqa qizlarga ilakishib qolgani sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan, sobiq er va xotin do‘stlik munosabatlarini saqlab qolgan.

Arjun Rampal va Mexr Jessiya — 20 yil

Kelishgan aktyor Arjun va model Mexr bir-biriga mos bo‘lgan juftliklardan biri bo‘lgan. Ular 1998-yilda turmush qurgan. Oradan 20 yil o‘tib esa ajrashishga qaror qilgan. Ajrashish boisi yuqoridagilar singari Arjunning model Gabriella Demetriadesga ilakishib qolgani sabab bo‘lgan.

Arbaz Xon va Malayka Arora Xon — 19 yil

Aktyor Salmon Xonning akasi Arbaz 1998-yilda model Malayka Arora bilan turmush qurgan, to‘rt yil o‘tib esa farzandli bo‘lgan. Ularning ahil munosabatlaridan namuna olsa arzirdi, ammo juftlik hammasini tugatishga qaror qilgan. Ajralganidan keyin Malayka aktyor Arjun Kapur bilan munosabatlarini hech kimdan yashirmagan. Arbaz esa model Jorji Adriani bilan uchrashishni boshlagan.

Saif Ali Xon va Amrita Singx — 13 yil

Saif Ali Xon yosh vaqti o‘zidan sal kam 13 yosh katta Amrita bilan turmush qurganida atrofdagilar munosabatlarga tez orada nuqta qo‘yiladi, deya taxmin qilgan, lekin juftlik 13 yil baxtli hayot kechirgan. Ularning turmushidan ikki qiz farzandi bo‘lgan. Matbuotda juftlik oilaviy munosabatlariga chek qo‘yishi haqidagi xabar muxlislarni ranjitgan. Hammasining tugashi aktyorga qimmatga tushgan va munosabatlarga juda ham xunuk tarzda chek qo‘yilgan. Biroz vaqt o‘tibgina, sobiq er-xotin farzandlari kelajagi uchun do‘st bo‘lib qolishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют