» » O‘zbekistonda karantin kuchaytirilishi kutilmoqda. To‘ylar taqiqlanishi, avtomobillar qatnovi keskin cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda karantin kuchaytirilishi kutilmoqda. To‘ylar taqiqlanishi, avtomobillar qatnovi keskin cheklanishi mumkin


O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo‘yicha karantin choralarining kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda @davletovuz kanali xabar berdi, “Daryo” manbalari ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 10-iyuldan 1-avgustgacha O‘zbekistonda avtomobil harakatini cheklash, viloyatlararo avtotransport qatnovlarini taqiqlash, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatini to‘xtatish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, oilaviy to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlanishi, bolalar bog‘chalari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning hukumatdagi manbasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining yangi qarori 8 iyul kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют