» » Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 45 tani tashkil qilmoqda

Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 45 tani tashkil qilmoqda


Sog‘liqni saqlash vazirligi 8-iyulning o‘zida koronavirusga chalingan 5-bemorning o‘limi haqida xabar qildi. Toshkentda yashovchi 72 yoshli ayol COVID-19’ning 45-qurbonga aylandi.

Xabarda qayd etilishicha, Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. 29-iyundan 1-sonli Respublika klinik shifoxonasida COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4-iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.

Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

72 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 45-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 44 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

Sog‘liqni saqlash vazirligi 7-iyulda Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotgan, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni aks etgan videoni taqdim etgan. Unda Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli ushbu bemorning ahvoli o‘ta og‘irligi, u yillar davomida qandli diabetdan davolanib kelgani, ayni paytda ushbu kasallikning 2-turi og‘ir kechayotgani, bemor insulinga muhtojligi qayd etilgan. Shuningdek, yog‘li gpatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklari ham mavjudligi, bu bemorda xastalikning og‘ir kechishiga sabab bo‘lgani ta’kidlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют