» » La Liga. “Barselona” Kataloniya derbisida bazo‘r g‘alaba qozondi

La Liga. “Barselona” Kataloniya derbisida bazo‘r g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Barselona” 8-iyul, chorshanba kuni “Espanyol”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv maydon egalarining ustunligida o‘tdi. Biroq “Barselona” tanaffusga qadar mehmonlar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar kamchilik bo‘lib qoldi. Zaxiradan maydonga qo‘shilganida besh daqiqa ham bo‘lmagan Ansu Fati qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay “Espanyol” vakili Pol Losano ham chetlatildi va jamoalar o‘n kishi bilan o‘yinni davom ettirdi.

56-daqiqada Luis Suares “ko‘k-anorranglilar”ning kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin Kike Setyen shogirdlarining ochkolari 76 taga yetdi va jamoa peshqadam “Real”dan bir ochko ortda qolmoqda. Madridliklar ushbu turda “Alaves”ni qabul qiladi. “Espanyol” (24) esa 20-pog‘onada bormoqda.

La Liga

35-tur bahslari

8-iyul, chorshanba

Gol: 1:0 – 56 Suares.

“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Langle, Semedu (Fati, 46), Serxi Roberto, Buskets, Rakitich (Arauxo, 90), Pike, Suares (Breytueyt, 82), Grizmann (Vidal, 71), Messi.

“Espanyol”: Diyego Lopes, Didak Vila, Viktor Gomes, Kalero (Darder, 66), David Lopes, Embarba (Kampusano, 74), Losano, Kabrera, Roka (U Ley, 86), Espinosa, de Tomas.

Ogohlantirishlar: de Tomas (45), David Lopes (90).

Chetlatishlar: Fati (50), Losano (53).

Gollar: 0:1 – 66, penalti Kasorla, 1:1 – 80 Duro, 1:2 – 86, penalti Kasorla, 1:3 – 90 Penya.

Gollar: 1:0 – 4 Rodriges, 2:0 – 25 Pedrasa, 3:0 – 90 Alenya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют