» » “Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkin” — Nurmat Otabekov

“Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkin” — Nurmat Otabekov


AOKA anjumanlar zalida 9-iyul, payshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. UzReport telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilgan anjuman davomida mutaxassislar tomonidan oldinda jiddiy vaziyat turganligi qayd etildi.

“Bu yerda faqat tibbiyot, ichki ishlar, Milliy gvardiya, OAV, hokimliklar yoki muayyan soha vakillari ishni qiladi deydigan bo‘lsak, bo‘lmaydi. Aynan qars ikki qo‘ldan chiqadigan vaziyat mana bugun biz uchun asqatadi. Shunday ekan, xalqimiz mutaxassislarning fikrini tinglab, unga amal qilmas ekan, biz vaziyatni barqarorlashtira olmaymiz”, — deya ta’kidladi Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

Shuningdek, mutaxassis koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.

“Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020-yilda 15-mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz.

Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi”, — dedi u.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov: “Pnevmoniya va koronavirus asorati bo‘lgan pnevmoniyani adashtirmaslik kerak”

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi “qizil” bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют